Joylarda qo‘shib yozilgan va qarovsiz qoldirilgan daraxtlar holati Bosh prokuratura nazoratiga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduxakimovning joriy yilning 4 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida “Yashil makon” loyihasini amalga oshirilishi monitoringida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qilgan ma’ruzasi tarqalgan edi.

Mazkur yalpi majlisda Bosh prokuraturaning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ishtirok etib, ma’ruzada keltirilgan kamchiliklar Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olinishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Bosh prokuratura Ekologiya vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda ishchi guruh tuzib, holatga qonuniy baho berish va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rish yuzasidan o‘rganish ishlari boshlaganini ma’lum qildi.