Jurnalist, avvalo, to‘g‘ri savol bermog‘i lozim: Zominda jurnalistlar uchun xalqaro mediaforum bo‘lib o‘tmoqda
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi "NKMK" sanatoriysida "Milliy jurnalistika: an’analar davomiyligi va zamonaviylik" mavzusidagi II mediaforum davom etmoqda.
Ozarbayjonning “Azertaj” axborot agentligi muxbiri Gulu Kazimov, Eronning “Fars news” agentligi muxbiri Sherali Avezmetov, Tojikistonning "Jumhuriyat" gazetasi muxbiri Mirasror Ahrorov tomonidan mahorat saboqlari o‘tkazildi. O‘zbekiston va boshqa davlatlardagi OAV faoliyati muhokama qilindi, deya xabar bermoqda zarnews.uz muxbiri Asqar Barotov.
- Jurnalist to‘g‘ri savol berishni bilishi kerak, - deydi Mirasror Ahrorov. - Tajribamdan bilamanki, aynan to‘g‘ri qo‘yilgan savolga berilgan javob soatlab davom etadigan hisobotlardan foydaliroq. Bu savollarda xalqning dardi, fikri, qarashlarini ifoda etishi kerak. Bugun biz ana shunday savollarni bera oladigan yosh jurnalistlarga muhtojmiz.