Jurnalist odamlarning shaxsiy hayotiga aralashishi mumkinmi?

O‘zbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksiga muvofiq, jurnalist odamlarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini hurmat qilishi, shaxs sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Jurnalist odamlarning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni faqat ularning roziligi va hujjatlarning sir saqlanishiga rioya qilgan holda e’lon qilishi mumkin.
Shuningdek, u noqonuniy yo‘l va nomaqbul vositalar yordamida odamlarning shaxsiy hayoti haqida axborot to‘plash, ovoz yozib olish va materiallar to‘plashi mumkin emas.
Jurnalist jinoiy ishni yorituvchi materialni tayyorlayotganida aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilishi kerak.