Kanalda chaqaloq jasadi topildi

Bugun, 10 fevral kuni ertalab soat 10:35 da ichki ishlar organlariga Chilonzor tumani hududidagi “Sovplastital” korxonasi binosi ortidagi Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab o‘tuvchi kanalda yangi tug‘ilgan o‘g‘il bola jasadi topilgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga IIB FMB rahbariyati va Chilonzor tumani prokuraturasi xodimlari yetib borgan. Ish Toshkent shahar IIBB rahbariyati nazorati ostiga olingan.

IIBB xabarida telegram tarmog‘idagi qator guruhlarda hodisa Olmazor tumanida yuz bergani haqida tarqalgan ma’lumot noto‘g‘ri ekanligi qo‘shimcha qilingan.