Kapitalizatsiyaga yo‘naltirilgan 25 milliard so‘m qachon egalariga beriladi?
"Kattaqo`rg`on yog`-moy" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Korporativ axborot yagona portali rasmiy veb-sayti www.openinfo.uz orqali oshkor qilingan ma’lumotlar asosida monitoring-tahlil o‘tkazildi.
Unda 2018-2020 yillarda aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishlari qarorlari asosida 2015-2018 yillar yakuni sof foydasi hisobidan 25 milliard 396 million so‘m miqdoridagi mablag‘lari jamiyat ustav jamg‘armasini oshirishga yo‘naltirilganligi minoritar aksiyadorlarning kapital bozoridagi daromadlari oshishiga zamin yaratadi.
"Kattaqo`rg`on yog`-moy" aksiyadorlik jamiyati vakolatli organlari 2018-2020 yillarda ushbu 25 milliard 396 million so‘m mablag‘ni keyingi uch yilda taqsimlamagan. Ya’ni, aksiyadorlarning o‘zlarining mablag‘larini ularga ulashmasdan jamiyatda minoritar aksiyadorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish hamda korporativ boshqaruv qoidalariga to‘liq rioya qilmagan.
Mazkur masala yuzasidan hududiy boshqarma vakolatlari doirasida 2018-2020 yillarda jamiyatga kuzatuv xatlari va ko‘rsatmalar yuborish orqali ogohlantirishlarga qaramasdan, minoritar aksiyadorlarga ushbu mablag‘larning tegishli qismi taqsimlanmaganligi haligacha jumboqligicha qolmoqda.
Ushbu jumboqni yechish uchun jamiyatning vakolatli organlari qo‘shimcha ravishda aksiyalar chiqarish hamda tasdiqlashni tez kunlarda ko‘rib chiqishlari respublika miqyosidagi 1522 nafar aksiyadorning qonuniy huquqlari o‘z vaqtida himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Aks holda, jamiyatning 2017-2020 yillardagi faoliyatida qimmatli qog‘ozlar egalari bo‘lgan minoritar aksiyadorlarning asosli e’tirozlari bilan jamiyat boshqaruv organlarining o‘tgan davridagi faoliyatidagi huquqbuzarliklari bo‘yicha murojaatlar ko‘payishi mumkin.
Norboy JO‘LMATOV,
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i.