Kasaba uyushma tashkiloti samarqandlik xotin-qizlarni qutladi

Samarqand shahridagi “Nurafshon” madaniyat saroyida “Muqaddas ayol” nomli madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbirga madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimidagi tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar taklif etildi.
Madaniy tadbirda O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Sh.Dehqonov, Oliy Majlis Senati a’zosi F.Toshev, shoira X.Bobomurodova, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi S.Rafiqov ishtirok etdi va xotin-qizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutladi, ular har jabhada faol bo‘layotganini e’tirof etdi.
Tadbir davomida madaniyat, sport va turizm sohasida faol qatnashib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar kasaba uyushma tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi, xonanda-yu sozandalarning badiiy chiqishi ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.
Husan Eltoyev.