Katta miqdorda tibbiy niqoblar yashiringan ombor aniqlandi
- 02.03.2020 09:44
- 367
- O‘zbekiston
Fuqaro S.X.ga tegishli bo‘lgan xususiy uyda qariyb 669 million so‘mlik tibbiy niqoblarning yashirin ombori topildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Davlat bojxona qo‘mitasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda uy yerto‘lasida sifati kafolatlanmagan va tegishli sertifikati bo‘lmagan tibbiy niqoblar noqonuniy ravishda saqlanayotgani aniqlandi.
Mahsulotlarni chet elda qayta sotish rejalashtirilgan. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 15 ta niqob ishlab chiqaruvchisi faoliyat ko‘rsatmoqda. Biroq talab keskin ortib ketgani sababli ularning ishlab chiqarish quvvati dorixona tarmoqlari va turli muassasalar talablarini qondira olayotgani yo‘q.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa