Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi poytaxtda e’tirof etildi

27 mart Xalqaro teatr kuni" va "15 aprel Madaniyat va san’at xodimlari kuni" munosabatlari bilan Toshkentda san’at va madaniyat fidoyilarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Xususan, teatr direktori Botir Tugalov "Xorijiy hamkorlik tashabbuskori" nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa, teatr sahna ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G.Mamedova «Qaynona» spektaklidagi «Qaynona» obrazi uchun "Eng yaxshi ayol roli ijrochisi" nominatsiyasini, teatr oliy toifali aktyori U.Ochilov «Sohibqiron» spektaklidagi "Amir Temur" roli uchun "Yilning eng faol aktyori" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, G.Mamedova hamda teatr oliy toifali aktyori, Q.Ibragimovlar "Madaniyat va san’at fidokori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.