Kattaqo‘rg‘on shaharida 500 million so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “A.Z.” MChJ rahbari hududdagi 15 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida ajratilgan 500 million so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan uskuna va xom-ashyolarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.