Kattaqo‘rg‘on shahrida tadbirkorlarga bosh pudratchilikni olib berishni va’da qilgan sobiq rais fosh etildi
- 16.02.2022 13:35
- 315
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqaro B.M. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Kattaqo‘rg‘on shahar jamiyati raisi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan davrida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularga ijtimoiy ob’yektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha bosh pudratchilikni olib berishni va’da qilgan.
Shu tarzda “B. K” MChJ rahbarining 9 000 AQSh dollarini, “U.B” MChJ rahbarining 6 100 AQSh dollarini va “D.I” MChJ rahbarining 3 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa