Kattaqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada yuz bergan holat o‘rganilmoqda

Fasebook ijtimoiy tarmog‘ida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 61-sonli DMTTda bolalar uchun mo‘ljallangan bitta kravatda 2-3 nafardan bolalar uxlab yotganligi aks etgan videolavha tarqaldi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati ushbu holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar olib borilayotgani haqida ma’lum qildi.

Shuningdek, o‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishi qayd etilgan.