Kattaqo‘rg‘onda dorivor kovrak yetishtirish kengaytirilyapti
- 28.05.2024 11:02
- 142
- Samarqand
Kovrak noyob qimmatbaho cho‘l yaylov o‘simligi bo‘lib, undan farmatsevtika, tibbiyot, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va boshqa bir qator yo‘nalishlarda foydalaniladi.
Farmatsevtika sanoatida unga talab oshib, jahon bozorida xaridorgirligi ortib bormoqda. Kovrakning dorivor mahsulot sifatida ildizi, bargi, po‘stlog‘i, guli, mevasi va boshqa qismlaridan tayyorlanadigan shirasi, kukuni, nastoykasi va tabletkasidan keng foydalaniladi.
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, tumandagi “Kenja bobo” fermer xo‘jaligining 100 gektar maydonida dorivor kovrak o‘simligi yetishtirilmoqda. Hozirda 27 gektar maydondagi hosil yig‘ishtirish arafasida. Xo‘jalik raisi Ulug‘bek Rustamovning bildirishicha, kovrakni Afg‘oniston va Hindiston davlatlariga eksport qilish rejalashtirilyapti.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyo stomatologlari Samarqandga keldi
- 21 daqiqa avval
- Ta’lim