Kattaqo‘rg‘onda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tegishli idora va tashkilotlar hamkorlikda xorijda ishlab, qaytib kelgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlanishiga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Mehnat yarmarkasiga tumandagi 247 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi 735 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 8 ta xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on tuman IIB JXX probatsiya hisobida turgan 20 nafar fuqarolar qatnashib, 4 nafari axloq tuzatish ishi jazosini o‘tayotgan mahkumlar ishga joylashtirildi.