Kattaqo‘rg‘onda to‘lanmagan aliment uchun "Matiz" undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2020 yil 3 fevraldagi sud hujjatiga asosan qarzdor E.U.dan undiruvchi S.A. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat ijrochilarining bir necha bor og‘zaki va yozma ogohlantirishlariga qaramasdan fuqaro E.U. 24 million 169 ming so‘m miqdordagi aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelgan.
Mazkur qarzdorliklarni bartaraf qilish va undiruvchining huquqini tiklash maqsadida qarzdorga tegishli "Matiz" rusumli avtomashinasi xatlanib, "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion orqali savdoga chiqarilgan.
Qarzdorga tegishli avtomashina "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdosi orqali sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘ning 24 million 169 ming so‘mi undiruvchi S.A.ning plastik kartasiga o‘tkazib berildi.
Jasurbek Rahmonov,
Byuroning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat ijrochisi.