Kattaqo‘rg‘onda voyaga yetmagan o‘smirlar yonida sovuq qurollar borligi aniqlandi

Bugun, 27 dekabr Kattaqo‘rg‘on shahar IIB xodimlari tomonidan shaharning A.Temur ko‘chasida ketayotgan fuqarolar Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan (voyaga yetmagan) X.N. va Kattaqo‘rg‘on tumani Kattako‘rpa qishlog‘ida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan (voyaga yetmagan) M.B. to‘xtatilib tekshirilganda ularning kiyimida sovuq qurol yashirilgani aniqlangan.
Jumladan, X.N. o‘zi bilan yig‘iladigan, jismoniy kuch ishlatganda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan sovuq qurol “bita”, M.B. esa “kastet” sovuq quroli olib yurgan. Ularning yana bir sherigi, Kattaqo‘rg‘on shahar Qoriravot MFYda yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan (voyaga yetmagan) N.J.ning maktab sumkasida 50 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.