Kattaqo‘rg‘onlik Ochil boboning ochilmagan qirralari ko‘p ekan

Kattaqo‘rg‘on tumanida davom etayotgan ’’Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!’’ shiori ostidagi festival doirasida ’’Nuroniy va yoshlar’’ uchrashuvchi bo‘lib o‘tdi.
Unda mahallalarda obro‘-e’tiborga ega nuroniy otaxonlar o‘zlarining hayot yo‘li haqida gapirib berdi.
- E, mening ochilmagan qirralarim ko‘p, - dedi kulibgina 74 yoshli Ochil bobo Alimov bir qator tashkilotlarda rahbarlik qilganlari haqida gapirib. - Har kuni bir necha ming qadam piyoda yurish, badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarish, tomorqada mehnat qilishni kanda qilmayman. Ko‘pgina mashg‘ulotlarni ba’zi yoshlardan yaxshi bajaraman-da. Buning uchun toza yurish, to‘g‘ri ovqatlanish lozim, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik kerak.