Kecha Samarqandda 23 kishi koronavirusga chalindi, 12 nafar bemor tuzaldi
🔺2021 yil 13 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 196 094 (+136) nafarni tashkil etmoqda.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 12 nafari Andijon viloyatida,
📌 16 nafari Buxoro viloyatida,
📌 4 nafari Jizzax viloyatida,
📌 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 1 nafari Navoiy viloyatida,
📌 5 nafari Namangan viloyatida,
📌 23 nafari Samarqand viloyatida,
📌 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 10 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 5 nafari Xorazm viloyatida,
📌 11 nafari Toshkent viloyatida,
📌 43 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha kun davomida respublikamiz bo‘yicha 164 nafar, shundan Samarqand viloyatida 12 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 192 841 nafarga yetdi.
⚫️ Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.