Kelgusi 7 yilda yana 56 ta zamonaviy samolyot olib kelamiz va avia-parkimizni 100 taga yetkazamiz — Shavkat Mirziyoyev
“Avtomobil, havo va temir yo‘l transporti tarmog‘ini yanada kengaytiramiz. Raqamlarga e’tibor qiling. 2016 yilga qadar 25 yil ichida O‘zbekiston 25 ta samolyot olib kelgan. Birgina monopol aviakompaniyamiz bor edi.
So‘nggi yillarda 19 ta zamonaviy samolyot olib kelindi, 5 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi. Natijada, shu yilning o‘zida avia-tashuvlar soni 2 barobarga ko‘paydi.
Kelgusi 7 yilda yana 56 ta zamonaviy samolyot olib kelamiz va avia-parkimizni 100 taga yetkazamiz. Aviaqatnovlar soni 4 barobar oshiriladi, xalqaro parvozlar yo‘nalishlari 5 karra ko‘paytiriladi.
Buning uchun:
— hududlardagi 6 ta yirik aeroport xususiy sherikchilik asosida yangilanadi;
— “Ochiq osmon” rejimi barcha aeroportlarda joriy qilinadi (Samarqand, Buxoro, Urganch, Andijon, Qarshi, Termiz va Nukusga “beshinchi havo erkinligi” berilgan)”, – dedi nomzod.