Keyingi kunlarda kuzatilayotgan elektr energiyasi uzilishlariga sabab nima? Elektr uzilish borasidagi eng og‘ir hududlar qaysilar? Bu holatga qachon barham beriladi?

Samarqand viloyat Matbuot uyida o‘tkazilgan qish mavsumida aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan anjumanda «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ direktori Umarali Jo‘rayevning bu savollarga javobi quyidagicha bo‘ldi:

- Elektr energiyasidagi uzilishlarga sabab, birinchidan, ehtiyojning oshgani, ikkinchidan, transformatorlarga yuklama tushayotganida. Ammo yanvar oyidan elektr ta’minoti 10 foizga oshdi. Bu holat 5-10 kunda barham topadi. Elektr energiyasi uzilishi borasidagi eng og‘ir hududlar Payariq, Urgut va Paxtachi tumanlari.