Kimlarga koronavirusga test topshirish majburiy?

➖ Xorijdan kelgan barcha fuqarolar;

➖ infeksiya yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lganlar;

➖ orttirilgan pnevmoniyali bemorlar;

➖ respirator kasallik alomatlari bo‘lgan 65 yoshdan katta shaxslar;

➖ ishxonasida COVID-19 yuqtirganligi xavfi mavjud shifokorlar;

➖ muntazam bo‘lish kerak bo‘lgan muassasalarda (yopiq turdagi maxsus bino, internat uylari va hokazo) respirator kasalliklar alomati bo‘lgan shaxslar.

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lumot berdi.