“Koka-kola”li ko‘l va Yerdagi boshqa qiziqarli suv havzalari

Sayyoramizda juda ko‘p qiziqarli joylar bor, ba’zi odamlar bu joylar mavjudligini eshitib, hatto ishonishmaydi. Masalan, Braziliyada koka-kola bilan to‘ldirilgan ko‘l borligini bilarmidingiz? Yozda uning suvi juda iliq bo‘ladi, shuning uchun bu yerga butun dunyodan odamlar keladi. “Shirin ichimlik ko‘li”ni, ayniqsa, bolalar yaxshi ko‘radi – axir sevimli ichimlik bilan to‘ldirilgan basseynga cho‘milishni kim ham istamaydi?

Ushbu maqolaning bir qismi sifatida Braziliyadagi bu ko‘l nega bunday g‘ayrioddiy rangga bo‘yalganligi va u nimasi bilan odamlar sog‘lig‘iga foyda keltirishini aniqlashni taklif qilamiz. Shuningdek,   yer yuzidagi g‘ayrioddiy xususiyatlarga ega bo‘lgan yana bir nechta nuqtalarni ko‘rib chiqamiz.

“Koka-kola”li ko‘l

Yuqorida tilga olingan bu ko‘l Ararakuara deb nomlanadi. U Braziliyaning Riu-Grandi-du-Norti shtatining janubiy qirg‘og‘ida joylashgan. Aytish kerakki, suvda gazlangan ichimlikdan bir tomchi ham yo‘q. Suvning karamelli rangi esa undagi yod va temirning yuqori konsentratsiyasi bilan bog‘liq. Bu suvni ichish mumkin emas, ammo foydali moddalarning yuqori miqdori tufayli unda suzish juda foydali.

 Tong shu’lasi ko‘li

Озеро утренней славы

G‘ayrioddiy nomlanishni olgan bu ko‘l Amerikaning Yellouston milliy bog‘ida joylashgan. Uning muhim xususiyati shundaki, u taxminan 2200 metr chuqurlikka ega. Bundan tashqari, ko‘l doimiy ravishda rangini o‘zgartirib turishi bilan ajralib turadi: ba’zida u binafsha rangga bo‘yaladi, boshqa kunlari esa butunlay yashil rangga aylanadi. Buning ustiga ko‘l juda o‘zgaruvchan tabiatga ega. Odatda u tinch, lekin ba’zi kunlarda qaynay boshlaydi va issiq buloq kabi otilib chiqadi. Suvda bakteriyalar ko‘payishi uchun yetarlicha sharoit bor, biroq sayyohlarning suvga tanga tashlash odati tufayli u biroz bulg‘angan va suv harorati naq 100 darajagacha pasaygan.

 Oltoydagi o‘lik ko‘l

Самое пустое озеро России

Rossiyaning Oltoy hududida sirli ko‘l bor, unda birorta jonivor va o‘simlik yo‘q. Hatto boshqa ko‘llardan baliqli suvlar unga kelib tushishini hisobga olganda, bu hodisa yanada g‘alatiroq tuyuladi. Olimlar bu suvlarga baliq va boshqa tirik mavjudotlarni kiritishni, o‘simliklar ekishni urinib ko‘rishdi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra, deyarli bir kundan so‘ng barcha tirik mavjudotlar nobud bo‘lib, o‘simliklar chiriy boshladi. Tadqiqotchilar suv namunasini olib, undagi hayot uchun xavfli moddalarni izlab ko‘rgan edi, ajablanarlisi, suv toza va hatto ichishga yaroqli bo‘lib chiqdi. Qanday bo‘lmasin, bu faqat ektremal sayohat muxlislari uchun qiziqarli, juda g‘alati joy ekan.

Hilliyer ko‘li

Розовое озеро Хиллиер

Va nihoyat, Avstraliyada joylashgan Hilliyer ko‘li bilan tanishamiz. Bu ko‘ldagi suv yorqin pushti rangga bo‘yalgan va uchish balandligidan unga qaralganda, xuddi katta bir dev shirin saqich ustiga qadam bosgandek tuyuladi. Bu g‘aroyib ko‘l birinchi marta 1802 yilda britaniyalik dengizchi Metyu Flinders tomonidan kashf etilgan. Bu g‘ayrioddiy suvda suzish mumkin, chunki u inson salomatligiga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

 Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.