Ko‘kka yuksal bayrog‘im!

Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ana shu mavzuda tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimiz tarixida bundan 29 yil oldin milliy davlatchiligimiz ramzi bo‘lgan bayrog‘imiz qabul qilinib, yurtdoshlarimiz qalbida istiqlol shukuhini oshirgani, betakrorligi bilan musaffo osmonimiz uzra hilpirayotgani vujudimizda vatanparvarlikni uyg‘otishi haqida so‘z yuritildi.

O‘quvchilar o‘rtasida ijodiy tanlovlar o‘tkazilib, yosh ijodkorlar ota-bobolarimiz uchun necha yillar orziqib kutilgan mustaqillik ramzini ifodalash bo‘yicha iqtidorlarini namoyish etishdi. Rasmlar tanlovida yosh mo‘yqalam sohiblari bayrog‘imizdagi turfa ranglarni mahorat bilan tasvirlashdi. Tanlovlar natijasiga ko‘ra, eng yaxshi she’r aytgan, rasm chizgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jahongir O‘ROQOV.