“Konigil” turistik qishlog‘ida sayyohlar uchun ob’yektlar qurilishining 2-bosqichi boshlandi

Samarqand tumanidagi “Konigil” turistik qishlog‘ida sayyohlar dam olishi, xalq amaliy san’atidan zavq olishi, milliy urf-odatlar, an’analar va taomlar bilan tanishishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu yerda sayohatchilar dam olishlari, tabiatdan bahra olishlari, Siyob anhori bo‘ylab sayr qilishlari va milliy oshxona taomlaridan tatib ko‘rishlari mumkin.

Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi xabar berishicha, bugungi kunda “Konigil” turizm qishlog‘ida 2-bosqich qurilish ishlari olib borilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, maskanda 72 ta lotlar orqali mehmonxonalar, uy mehmonxonalari, savdo rastalari, hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, dam olish maskanlari, uzunligi 2,5 kilometr bo‘lgan veloyo‘laklar va 3,5 kilometr piyodalar yo‘lagi hamda boshqa turizm ob’yektlarini quriladi.