Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyat hayotining barcha sohalaridagi samarali islohotlar qatorida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish, ular faoliyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki hamda mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini kuchaytirishga imkon yaratdi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish hozir va yaqin kelajakda amalga oshiriladigan strategik dasturlarni ishlab chiqishni shart qilib qo‘yadi. Bizning jamiyat haëtining barcha jabhalarini demokratiyalashtirish sari qaratilgan strategiyamiz izchil, yaqin, o‘rta, uzoq muddatli aniq vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan.

Asosiy qonunimizdagi mantiqiy tizimlashtirilgan huquqiy normalar mohiyatan fuqarolik jamiyatining mazmuni va asosiy tamoyillarini, jamoat birlashmalari va ular faoliyatining kafolatlarini, haqiqiy demokratik jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy asoslarini huquqiy tartibga solishga yo‘naltirilgan.

Fuqarolik jamiyati va demokratiya uzviydir. O‘zbekistonda bu sohada amalga oshirilgan ishlar butun jahonning diqqat markazida turibdi. Chunki davlatimiz mintaqada barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishda eng katta tayanchdir. Demokratiyaning avvalgi mazmuni ham o‘zgarib bormoqda. Avval demokratiya jamiyat siësiy tizimining bir qismi deb qaralardi. Endi esa demokratiya O‘zbekistonda yashovchi barcha tabaqa, guruh va xalq ommasining ishtirokini ta’minlab, davlat boshqaruvining asosiy omiliga aylandi. Jamiyatning ijtimoiy qatlamlari boshqaruvchilar va boshqaruvchi bo‘lib, keng xalq ommasi va barcha ijtimoiy qatlamlar unda faol ishtirok etmoqda. Xalq - davlat hokimiyatining manbaiga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 2-moddasida shunday deyiladi: «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar».

Zero, fuqarolik jamiyatida har bir fuqaro iqtisodiy, siësiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda qatnashishi kerak. Iqtisodiy imkoniyatlar ërdamida har bir fuqaro o‘z oilasining farovon turmushini ta’minlsa, siësiy jihatdan davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etadi. Erkinlik - fuqarolik jamiyatining muhim masalasi. Buning uchun eng avvalo, moddiy baza zarur. Moddiy erkinliksiz ma’naviy erkinlikka erishib bo‘lmaydi. Ayniqsa, fuqarolarning shaxsiy siësiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, erkinliklari va burchlari kafolatlanishi joiz. Ayni shu nuqtai nazardan Konstitutsiyaning 43-moddasida: «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi», deb belgilab qo‘yilgan.

Fuqarolik jamiyati qurish uchun jahonda taraqqiy etgan mamlakatlarning ijtimoiy-sinfiy tuzilish tajribasini o‘rganish zarur. Rivojlangan davlatlarda asosan uch sinf tashkil topgan - boylar, mulkdorlar, o‘rta mulkdorlar va kambag‘allar. O‘zbekistonda ham mustaqil-likka erishilgandan so‘ng mulk davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylash-tirilib (chet el kompaniyalari bilan birga qo‘shma korxonalar qurilib) mulkdorlar sinfi paydo bo‘la boshladi. Ishbilarmon va tadbirkorlarga keng yo‘l ochildi. Davlat ularga barcha zarur imkoniyatlarni yaratib berdi va bermoqda. Chunki, tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, mulkdorlar sinfi qancha ko‘paysa iqtisodiy sohada o‘sish shuncha tezlashadi va fuqarolar turmushi yaxshilanadi. Bu mulkdorlar sinfi paydo bo‘lishi bilan ularning fuqarolik jamiyati shakllanishida mavqei ham kuchayadi.

Fuqarolik jamiyati huquq ustuvor bo‘lgan, fuqarolarning huquq va erkinliklari to‘liq ta’minlangan, fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanadigan, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning erkin ishtiroki ta’minlangan, iqtisodiy asosini xususiy mulk tashkil etadigan erkin fuqarolar makoni ekan aynan bunday omillarni shakllanishi uchun asos bo‘lgan qoidalar Konstitutsiyamizning bir qator normalarida o‘z ifodasini topgan.

Bugungi kunda Sh.Mirziyoyevning barcha ma’ruzalarida demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish maqsadida belgilab olingan strategik yo‘l va siësatning ustuvor yo‘nalish va tamoyillari aniq-ravshan ifodalab berilgan.

Birinchidan, mamlakatimiz siësiy haëtining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish kerak. Demokratiyaning yangi mexanizmini joriy qilish, fuqarolarning davlatni boshqarishda huquq va burchlarini mustahkamlash lozim.

Ikkinchidan, siësiy sohada ko‘ppartiyaviylikni rivojlanitirish zarur. Har bir siësiy partiya muayyan ijtimoiy qatlam manfaatlarini himoya qilib, fuqarolik jamiyati va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishi kerak.

Uchinchidan, fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etish uchun davlat vazifalari nodavlat tuzilmalar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tib borishi joiz.

To‘rtinchidan, jamiyatda fikrlar xilma-xilligi, turli qarashlar va ularni erkin ifoda etish, axborot olish, davlat va jamiyat qurilishining o‘ta muhim masalalarini muhokama qilish faolligi darkor.

Beshinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga taalluqli bo‘lgan davlat jamoat tashkilotlari tizimini takomillashtirish kerak.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqil taraqqiët yo‘liga, bozor iqtisodiëti bosqichiga dadil o‘tib oldi. Endi maqsad - O‘zbekistonda adolatli fuqarolik jamiyati qurishdan iborat. Ma’lumki, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati o‘zaro bog‘liq, bir-birini taqozo etuvchi ijtimoiy hodisalardir. Fuqarolik jamiyati - demokratik huquqiy davlat negizida shakllangan ochiq, adolatli jamiyat bo‘lib, unda insonning kamoli, huquq va erkinliklari amalga oshishi uchun real sharoitlar yaratiladi, qonunlarga, insoniy fazilatlarga yuksak hurmat hissi bilan qaraladi, xususiy tashabbus va shaxsning boshqa ijodiy jihatlari yuzaga chiqishi uchun to‘la imkoniyat mavjud bo‘ladi, fuqarolarning farovon haët kechirishi ta’minlanadi, jamiyatning davlat faoliyati ustidan oqilona nazorati o‘rnatiladi, davlatning jamiyat va xususiy shaxs haëtiga ortiqcha aralashuvi istisno etiladi.

Fuqarolik jamiyati - shaxsning kamol topishi uchun barcha sharoitlarni yaratadigan jamiyat. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha ërdam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la ro‘ëbga chiqishiga ko‘maklashadi». Bu esa o‘z navbatida, fuqarolarda yuksak ong, o‘z burchini chuqur anglash, ijtimoiy va siësiy faollik, huquqiy xulq bo‘lishini taqozo etadi.

Konstitutsiyamizning 2-moddasida qayd etilishicha, «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar». Bu norma haqiqiy ma’nodagi demokratik boshqaruvni, xalq hokimiyatini o‘zida namoyon etadigan qoida, fuqarolik jamiyatining mohiyatini qisqa va aniq tarzdagi bayonidir.

Asosiy qonunimizning 15-moddasida qayd etilishicha, «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar». Albatta, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy sharti qonun ustuvorligi ekan, mamlakatimizda bu masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda.

Fuqarolik jamiyatining yana bir mezoni bu fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi faol ishtirokidir. Konstitutsiyada bu masalalar ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, uning 32-moddasiga asosan «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va dav­lat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi».

Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etish huquqi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda saylov va referendumlarda bevosita qatnashishlari va o‘z ovozlarini berishlarida namoyon bo‘ladi.  Shunday qilib, fuqarolik jamiyati - haqiqiy fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikda bo‘lgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning a’zolari bo‘lmish fuqarolarning o‘zlari orqali saqlab turiladigan va qat’iy qaror topgan jamiyatdir.

Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta’siri talab etilmaydi. Zero, davlat fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati nafaqat siyosiy, madaniy hayotni, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotni ham boshqarib turadi.

Fuqarolik jamiyatida shaxsning iqtisodiy va siyosiy turmushini erkin, ixtiyoriy asosda qurish ta’minlanadi, umuminsoniy huquqlarga alohida e’tibor beriladi, davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Vaqti kelib kuchli davlat funksiyalari asta-sekin tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o‘tadi.

«Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual g‘oyaning amaliy ahamiyati shundaki, unda mamlakatimizda demokratik jaraënlarni yanada chuqurlashtirishning vazifalari o‘z ifodasini topgan. Ular mustaqillik yillarida bu sohada amalga oshirilgan yangi islohotlar strategiyasining uzviy bir qismi bo‘lib, mamlakatimiz taraqqiëtining bugungi bosqichidagi o‘zgarishlar zaruratini o‘zida aks ettiradi. Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarish, o‘z hududlaridagi ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishdagi faolliklari hozirgidan ko‘ra ancha kuchliroq bo‘ladi.

Fuqarolik jamiyatida har qanday masala qonuniy me’yorlar asosida adolatli hal etiladi. Qonun fuqarolik jamiyati hayotidagi barcha munosabatlarni tartibga solib turadi. Demak, fuqarolik jamiyatining negizi, poydevori – qonun va qonuniylikdir.

Qonunning ustuvorligi hayotning barcha jabhalarida huquq normalarining qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Qonunlarni mensimaslikka hech kimning haqqi yo‘q. Demokratik huquqiy davlat va madaniyatli fuqarolik jamiyatida qabul qilingan qonunlar va axloqiy me’yorlar buzilsa «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati»ga o‘tib bo‘lmaydi. Qonun ustuvorligi fuqarolarning haq-huquqlarini, qadr-qimmati, erkinligi va g‘ururini himoya qilish, ijtimoiy adolatni o‘rnatish va mustahkamlashga qaratilgandir.

Fuqarolik jamiyati shakllanishining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari e’tiborga molik. Erkin, adolatli ochiq fuqarolik jamiyatini qaror toptirish O‘zbekiston xalqining ulug‘vor maqsadlaridan biridir. Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatidan shu narsa qat’iy aënki, mamlakatimizda shakllantirilaëtgan jamiyat - demokratiya va adolat priniplariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘ladi.

Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka keng yo‘l beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiëti munosabatlariga, erkin iqtisodiy faoliyat ta’minlangan shart-sharoitga tayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muhiti va munosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi, iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta’minlanadi. Xuddi shu asnoda shaxs davlat hokimiyatiga nisbatan mustaqil mavqeni egallaydi. Davlat xususiy haët sohasiga, shaxs va tashkilotlarning qonuniy iqtisodiy faoliyatiga aralashmasligi lozim.

O‘zbekistonda islohotchi davlatning demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan manfaatdorlik sabablari quyidagilardan iborat:

- mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiëti sari olg‘a siljish yo‘llari va usullari xususida fuqarolar kelishuviga erishish to‘g‘risida norasmiy ijtimoiy shartnoma tuzish va uni ro‘ëbga chiqarishda islohotchi davlat uchun sherik  vujudga keltiriladi;

- fuqarolik jamiyati o‘z institutlari orqali shaxsning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlagan holda, davlatda vakillik demokratiyasining va mamlakatdagi ijtimoiy-siësiy tizimning asosi hisoblanadi;

-  O‘zbekiston xalqi fuqarolik institutlari va mexanizmlari, avvalo, saylov tizimi orqali o‘zining siësiy yuksalishi va haëtiy muhim milliy manfaatlarini ifodalash uchun barqaror shart-sharoitlar yaratmoqda;

- fuqarolik jamiyati shaxs va jamiyat, fuqaro va davlat, etnik va konfessional jamoalar, ijtimoiy-demografik guruhlar haëtiy muhim manfaatlarining o‘zaro maqbul muvozanatidan kelib chiqqan holda quriladi;

- demokratik jamiyat fuqarolarning siësiy va ijtimoiy faolligiga asoslangan. O‘z navbatida, uning o‘zi turmushning barcha sohalaridagi islohotlar jaraënida bunday faollikning o‘sib borishini izchil rag‘batlantirib boradi va davlatning byurokratlashuvi, uning institutlari fuqarolarning haëtiy muhim manfaatlaridan uzilib qolishi xavfiga qarshi turadi.

Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqi esa oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashishlarini ifodalaydi. Mamlakatimizda bosqichma-bosqich olib borilayotgan izchil islohotlar ham bevosita fuqarolarimizning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirokini kafolatlashga qaratilgan. Xususan, 2007 yilda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun ham fuqarolarimizni siyosiy partiyalar orqali jamiyat va davlat ishlarida faol ishtirok etishlarini mustahkamlab berdi. Konstitutsiyamizning 12-moddasiga e’tibor qarataylik. Unga asosan «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi».

Har qanday adolatli, demokratik davlatda fuqarolarning erkin fikrlash huquqi kafolatlangan bo‘ladi. Insonning erkin fikrlash, o‘z aql-idroki, qobiliyati, olgan bilimlaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi davlatda shaxs haqiqiy erkinligining yorqin ifodasidir. Albatta, erkin fikrlash bor joyda fikrlar xilma-xil bo‘ladi va turli mafkuralar, siyosiy institutlar, harakatlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu fuqarolik jamiyatining asosiy mezonlaridan biridir.

Umuman, fuqarolik jamiyatining barcha mezonlari asosiy qonunimizda o‘z aksini topgan. Undagi normalar asosida rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari davlat va jamiyat hayotida muhim rol o‘ynamoqda. Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat hayotidagi ishtiroki, ular tomonidan inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlariga ham bevosita Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlar huquqiy asos bo‘lmoqda.

Boboqul TOShEV,

Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, yuridik fanlar doktori.