Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasida qaysi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish mumkin emas?

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi:

➖uyni qurishda o‘tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;

➖kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli bo‘lgan boshqa moddalar va materiallar bor bo‘lgan mahsulotlarni sotuvchi do‘konlar;

➖o‘z ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qo‘llovchi kimyoviy tozalash xonalari;

➖10 tadan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgan poyabzal tikish va ta’mirlash ustaxonalari;

➖hammomlar va saunalar;

➖aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan so‘zlashuv punktlari va telegraf;

➖jamoat hojatxonalari;

➖marosimlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish muassasalari;

➖sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;

➖uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki ko‘paytirishga mo‘ljallangan joylar;

➖jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyixa asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);

➖yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.