Ko‘prik ostidan qayrilib olish yo‘li va boshqa ob’yektlar qurilishi ko‘zdan kechirildi

Viloyat hokimi o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov hududlarda olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jarayonlarini o‘rgandi.

Dastlab, M-37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 6 kilometr qismida joylashgan ko‘prik ostidan qayrilib olish ob’yekti qurilishi ko‘zdan kechirildi. Qurilish-montaj ishlari sifatiga e’tibor qaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng Shirin shaharchasi qurilish shtabida investorlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda qurilishning bugungi holati, ishlar sur’ati va sifat talablari muhokama qilinib, jarayonlarni jadallashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Navro‘z Rahmonov shaharchaning infratuzilmasiga oid masalalarni ham ko‘rib chiqib, Shirin shaharchasi zamonaviy bo‘lishi bilan birga, aholiga qulay sharoitlar yaratishi lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, Imom al-Buxoriy majmuasi atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishilib, mazkur yo‘nalishdagi faoliyat ham doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.