Koreyada ishlab, Suriyadagi terroristik tashkilot a’zolarini moliyalashtirgan shaxs 10 yilga qamaldi

2014 yilda Koreya Respublikasiga borib, 2018 yilning o‘rtalarida internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g‘oyaviy ta’sirida aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni atrofdagilarga tarqatgan 29 yoshli fuqaro qo‘lga olindi.

U 2021-2022 yillar davomida o‘zi va boshqa maslakdoshlarining jami 24 million so‘m miqdoridagi mablag‘larini «moliyaviy jihod» sifatida xalqaro pul o‘tkazmalari va elektron ilovalar orqali Suriyadagi jangarilarga yuboradi.
DXX va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudi tomonidan u Jinoyat Kodeksining 244-1, 244-2 va 155-3-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.