Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” va “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkilotlari a’zolari ushlandi
- 15.01.2022 16:28
- 1078
- Jinoyat va jazo
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotning g‘oyaviy rahnamosi Qirg‘iziston fuqarosi “Mahmud Abdulmo‘min” bilan aloqada bo‘lib, uning ko‘rsatmasi bilan tashkilot g‘oyalarini internet foydalanuvchilari orasida faol targ‘ib qilgan shaxs aniqlangan.
Ishtixon tumanida yashovchi ushbu fuqaro “R.M.”dan ishga aloqador ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida olib qo‘yilgan.
Navbatdagi holatlarda, Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi “B.J.” hamda Urgut tumanida yashovchi “X.S.”lar “Jihodchilar” DEO rahnamolarining ekstremistik mazmundagi materiallarini ijtimoiy tarmoqda virtual do‘stlariga tarqatib kelgani oshkor etilgan va ushlangan.
Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa