DXX viloyat boshqarmasi rahbari kattaqo‘rg‘olik yoshlarning murojaatlarini tinglamoqda

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov yoshlar muammolarini hal etish va takliflarini eshitish maqsadida tumanlarda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”ni o‘tkazmoqda.

Ayni paytda shunday uchrashuvning galdagisi Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tyapti.

Sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida o‘tkazilayotgan uchrashuvda boshqarma boshlig‘i yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendum va uning mohiyati haqida yoshlarga tushuncha berdi.

Ayni paytda yoshlarning tadbirkorlik, ishga joylashish, sport bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratish, kitobxonlik va kompyuter savodxonligi masalalari yuzasidan murojaatlari eshitilmoqda.