Koronavirus dunyo iqtisodiyotiga qancha zarar keltirishi aytildi

Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishi ikki yil davomida dunyo iqtisodiyotiga umumiy hisobda 5 trillion AQSh dollaridan ortiq zarar keltiradi. Bu haqda Bloomberg agentligi Uoll-strit banklari hisobotiga tayanib xabar berdi.

“Koronavirus pandemiyasi keyingi ikki yil davomida dunyo iqtisodiyotini 5 trillion dollardan ortiq mablag‘dan mahrum qiladi”, ta’kidladi agentlik vakili.

Blumberg virus tarqalishi hukumatlarning o‘z tashkilotlarini yopishga majbur qilayotganligi sababli dunyo tinchlik davrida 1930 yildan buyon ro‘y bergan eng og‘ir retsessiyaga (iqtisodiyotning tushib ketishi) duch kelayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

Shu bilan birga, mutaxassislar, iqtisodiy tushish holati qisqa muddatli bo‘lishini taxmin qilmoqda. Biroq inqirozdan oldingi holatga qaytish uchun iqtisod vakillariga ma’lum muddat kerak bo‘ladi.

Shuningdek, siyosatchilar oldida ham iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish va qayta tiklash uchun jiddiy vazifalar turganligi ta’kidlanmoqda. Lekin tadqiqotchilar virus tarqalib ketishining oldini olish maqsadida mamlakat rahbarlarini shahar va tashkilotlarni karantindan ochishga shoshilmaslik to‘g‘risida ogohlantirmoqda.