Koronavirusdan tuzalganlar virus tashuvchisi bo‘lib qoladimi?
"Koronavirus kasalligi tuzaladigan dard. Bu infeksiya bilan zararlanish - bu butun hayoti davomida virus tashuvchisi bo‘lib qoladi, degani emas. COVID-19 yuqtirib olgan insonlarning ko‘pchiligi tuzalib ketadi, virus esa organizmdan chiqib ketadi.
Inson simptomlar paydo bo‘lgandan 10 kun davomida infeksiya tashuvchisi bo‘ladi (agar belgilar bo‘lsa), bu infeksiya yuqqandan taxminan 2 haftani tashkil etadi.
Turli davlatlarda shifokorlar kim tarqatuvchi sifatida xavf tug‘dirmasligini aniqlash uchun protokollar qabul qilishgan va ular quyidagicha:
Birinchi simptomlar paydo bo‘lgan kundan eng kamida 10 kun o‘tishi kerak va tuzalgandan keyin yana 3 kun. Agar kasallik alomatsiz o‘tgan bo‘lsa, 24 soat tanaffus bilan ketma-ket topshirilgan va manfiy natijali PZR testi inson tashuvchi emasligini bildiradi", deb savolga javob berdi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASh malakasini oshirish kafedrasi professori, SSV Bosh umumiy amaliyot shifokori Mashhura Zohidova.