Koronavirusga chalingan 65 yoshli samarqandlik fuqaro sog‘aydi

Bugun Farg‘ona viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalib chiqqanlarning ikkalasi ham erkak, 1 nafari (65 yoshda) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Turkiyadan kelgan, yana 1 nafari (54 yoshda) farg‘onalik, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. 

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 994 nafarni tashkil etmoqda.