Koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga harbiylar jalb etiladi
Koronavirus bilan xastalangan shaxslarni samarali davolashga O‘zbekistondagi harbiylar, harbiy-tibbiy muassasalar xizmatchilari va tibbiyot mutaxassislarini jalb qilish muhim, deya ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti kecha pandemiya sharoitida aholini tibbiy yordam bilan qamrab olish ko‘lamini yanada oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyul kuni Toshkent shahrida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, bu boradagi ishlarning samaradorligini, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish qamrovini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar hisobotini tingladi.