Koronavirusni yenggan Yangi Zelandiyada yana kasallik aniqlandi

O‘tgan hafta koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan Yangi Zelandiyada yana ikki nafar koronavirus holati qayd etildi. Bu haqda 16 iyun kuni Reuters agentligi xabar berdi.

Kasallanganlar Buyuk Britaniyadan Yangi Zelandiyaga qaytgan fuqarolar bo‘lib, karantinga olingan edi. Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘lim to‘shagida yotgan qarindoshini borib ko‘rish uchun ularga bir marta karantin qoidalarini buzishga ruxsat berilgan.

Mamlakat Bosh vaziri Xasinda Arden xorijdagi fuqarolar qaytayotganligi sababli bunday holatlar yana takrorlanishi mumkinligini ta’kidladi va barchani ogohlikka chaqirdi.

9 iyun kuni Yangi Zelandiya hukumati chegaralarni ochishdan tashqari, koronavirus tufayli joriy etilgan barcha cheklovlarni bekor qilgan edi.