Korporativ etika bo‘yicha komissiya tashkil etiladi

Prezidentimizning “Korporativ munosabatlarni tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida quyidagilar ta’minlanadi:

🔹 jamiyatlarda imtiyozli huquqni amalga oshirish bo‘yicha boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish, imtiyozli huquqdan foydalanish istagini bildirish, rad etishni elektron amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;

🔹 “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

🏛 Shuningdek, 2025 yil 1 noyabrdan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tarkibida Korporativ etika bo‘yicha komissiya tashkil etiladi.

✔️ Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi, jumladan:

🔸 yuridik shaxslarga, xususan, xo‘jalik jamiyatlariga korporativ etika masalalari bo‘yicha tavsiyalar berib borish;

🔸 korporativ etikani buzishga oid nizolarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatib borish.