Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Samarqand xalqaro aeroportida  shu mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari, Samarqand davlat universiteti o‘qituvchilari tomonidan korrupsiyaning jamiyatga salbiy ta’siri va uning ayanchli oqibatlari haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanishicha, korxona va tashkilotlarda ishchi xodimlar uchun qulay sharoit yaratib berilsa-da, ba’zi hollarda o‘z haq-huquqlarini yaxshi bilmasliklari oqibatida korrupsiya holatlari uchramoqda. Afsuski, bu holat ayniqsa, rahbarlarda kuzatilmoqda. Buning uchun jamoatchilik nazorati yanada kuchayishi kerak. Shuningdek, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda huquqiy hujjatlar amaliyotga tatbiq etilayotgani aytildi. 



- Tadbirda mutaxassislar korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta urayotgani haqida aniq misollar orqali tushuncha berdi, - deydi Samarqand xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi Murodjon Jamolov. – Davra suhbatida qatnashgan xodimlarimizning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qildi. Albatta, bunday uchrashuvlar ularning xizmat vazifasida to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligiga yordam beradi.


Husan ELTOYeV.