Korxona mas’ullarining 7 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘ini naqdlashtirib, o‘zlashtirgani aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi muntazam o‘rganib borilmoqda.

Shu jumladan, “Agrobank” Samarqand viloyati boshqarmasi murojaati asosida prokuratura organlari tomonidan Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi o‘rganilgan. 

Xususan, “B B T X” mas’uliyati cheklangan jamiyati norasmiy rahbari T.A. va boshqalar tomonidan “texnika, texnologiya va asbob-uskuna faoliyatini kengaytirish” uchun ajratilgan 7 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari naqdlashtirib olinib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi 1-qismi va 167-moddasi 3-qismi "a” bandi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.