Kulda hikmat ko‘p: Tomoq og‘riganda, yallig‘langan bezga kul surkalgan

O‘choqdagi kuldan odamlar qadim-qadimdan foydalanib kelishgan, deb yozadi “Mir novostey” (2020 yil, 26-son).

U bilan idish-tovoqlarni tozalashgan, tomorqaga o‘g‘it qilib sepishgan, choyshablarni yuvishgan. Tomoq og‘riganda yallig‘langan bezga kul surkashgan. Jarohat va oyoq yaralarini suvga solib qaynatilgan kul bilan davolashgan. Suv tana harorati darajasiga tushgach, yarim soat oyoqni solib o‘tirishgan, so‘ngra oyoqni havoda quritishgan. Revmatizmda kulli vanna qabul qilishgan.

Olma, nok va qayindan olingan kul tutqanoqdan xalos qilgan. Kuldan teri va boshqa o‘nlab kasalliklarni davolashgan. Turli daraxt o‘tinlardan qolgan kul turli kasalliklarga shifo bo‘lgan. Shu bois qadimgi odamlar kulni isrof qilmasdan, avaylab olib qo‘yishgan.

T.Murod tayyorladi.