Kun tarixi – 1 may
1840 yil – Angliyada dunyoda ilk bor pochta markalari paydo bo‘ldi.
1884 yil – Chikagoda birinchi osmono‘par bino - 10 qavatli uy qurilishi boshlandi.
1885 yil – Ottava shahrida birinchi elektr chiroqlari yondi.
1890 yil – Avstriya-Vengriya, Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya va boshqa Yevropa davlatlari ishchilari tomonidan ilk marta 1 may bayram sifatida nishonlandi.
1899 yil – Aspirin birinchi marta sotuvga chiqdi.
1912 yil – Kanada dollari ilk bor muomalaga chiqdi.
1933 yil – Britaniya va Hindiston o‘rtasida telefon aloqasi o‘rnatildi.
1993 yil – Shri-Lanka prezidenti Ranasingxe Premadasa Kolomboda sodir etilgan terroristik hujumda o‘ldirildi.