Kun tarixi: 22 mart - buyuk astronom va matematik Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kun
Mirzo Ulug‘bek 1394 yil 22 mart kuni Sultoniya shahrida tug‘ilgan. 1409 yilda u Samarqand hokimi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yilda Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi.
Observatoriya qurib, yulduzlar ilmini o‘rganadi, «Ziji Ko‘ragoniy» nomli yulduzlar xaritasini tuzadi.
Ulug‘bek yirik olim bo‘lishiga qaramasdan to‘rtta ilmiy asar yozib qoldirgan. Uning qalamiga mansub eng mashhur asar “Ziji Jadidi Ko‘ragoniy”dir. Riyoziyotga mansub “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, yulduzlarga bag‘ishlangan “Risolai Ulug‘bek”, tarixga oid “To‘rt ulus tarixi” asari mavjud.
Ulug‘bek 1449 yili 27 oktyabrida fojiali halok bo‘ladi.