Kuydirilgan sariyog‘ kuzda immunitetni mustahkamlashga yordam beradi
Bunday sariyog‘ tarkibida V guruhi, shuningdek, A, Ye, D, RR vitaminlari mavjud. Qayta ishlash jarayonida yog‘dan barcha zararli moddalar “bug‘lab chiqariladi”, faqat foydalilari qoladi.
Kuydirilgan sariyog‘ning eng muhim komponenti, tabiiy kelib chiqishi "Omega-6" oilasining yarim to‘yingan yog‘li (linol) kislota bo‘lib, u immunitet tizimini mustahkamlaydi va turli virusli infeksiyalar bilan kasallanish ehtimolini kamaytiradi.
Shamollaganda bunday mahsulotni sutga qo‘shib, uni qizdirib, ichish foydali. Ichimlik nafas olish yo‘llarini "moylaydi" va yo‘talga qarshi vosita sifatida xizmat qiladi.