Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Samarqandda 2767 kilometr elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan
Viloyat bo‘yicha 25 ming 977,7 kilometr masofada 6-10-0,4 kVli elektr tarmoqlari va 10 ming 260 ta transformator punktlari mavjud.
Joriy yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 2767 kilometr elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Bugungi kungacha 1499,4 kilometr tarmoq mukammal ta’mirlanib, rejaga nisbatan 54 foiz ish bajarilgan.
Bundan tashqari, 5534 kilometr uzunlikdagi havo liniyalarini joriy ta’mirlash ko‘zda tutilib, bu boradagi ishlar 55 foizga bajarilgan. Ya’ni, 3 ming 38,4 kilometr elektr tarmoqlari joriy ta’mirlangan.
Shuningdek, mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan 788 ta transformator punktlaridan 432 tasida zarur tuzish ishlari amalga oshirilgan.
Rejadagi 1575 ta transformator punktlarining 918 tasi joriy ta’mirlangan.
Shahar va tumanlarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun joriy yilga mo‘ljallangan manzilli dasturiga muvofiq 997,7 kilometr elektr tarmoqlari yangilanadi va rekonstruksiya qilinadi. Bugungi kungacha 220,4 kilometr kilometr elektr tarmoqlari qurilgan.
Dasturda belgilangan yangilash va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan 441 ta transformator punktlaridan 140 tasi o‘rnatilgan.