London ko‘rgazmasida "Silk Road Samarkand" markazi O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda

"Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik markazi va "Rocket DMC Uzbekistan" turistik kompaniyasi shu kunlarda Londonda 6-8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan World Travel Market ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston stendida ko‘rgazma mehmonlari va ishtirokchilariga yurtimizning barqaror rivojlanayotgan turizm sohasinining keng imkoniyatlari haqida so‘zlab beriladi. Birinchi kuni stendga 500 dan ortiq odam tashrif buyurdi. Ayniqsa, dunyoning yirik sayyohlik kompaniyalari, shuningdek, bir qator materiallarni chiqarish maqsadida "Silk Road Samarkand" majmuasiga tashrif buyurish istagini bildirgan jurnalist va blogerlar qiziqish bildirmoqda.

World Travel Market (WTM) dunyodagi sayohat va turizm sohasidagi eng nufuzli tadbirdir. Ko‘rgazma xalqaro sayyohlar hamjamiyatini birlashtiradi. Ushbu ko‘rgazma turizm sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qidirish va qiyosiy tahlil qilishni ta’minlaydi hamda butun dunyodagi eksponentlarga o‘zlarining turizm ko‘lamini xalqaro maydonda namoyish etish uchun imkoniyat yaratadi.