Lukashenko Belarus prezidenti vakolatlarini qayta taqsimlashga va’da berdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko umumxalq yig‘ilishi vaqtida davlat rahbari vakolatlari javobgarlikdan qochmagan holda, halol, adolatli tarzda qayta taqsimlanishiga va’da berdi. Bu haqda 16 noyabr kuni RIA Novosti nashri ma’lum qildi.

“Belarus umumxalq yig‘ilishida javobgarlikdan qochmagan holda, halol, adolatli tarzda vakolatlar taqsimlanishiga va’da beraman. Bizda jamiyat uchun dolzarb muammolar kam: biz allaqachon turli qarorlar qabul qildik. Mazkur qarorlarni o‘zini jamiyatning keskin tanqidiga duchor qilgan holda, asosan prezident qabul qilganini yaxshi bilasiz. Biroq ularsiz mamlakat bo‘lmasligini yaxshi anglardim”, deya Lukashenko so‘zlarini keltirdi Sputnik Belarus nashri.

Belarus umumxalq yig‘ilishi 2021 yilning dastlabki, taxminan yanvar-fevral oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Bir muddat ilgari Aleksandr Lukashenko Belarus konstitutsiyasining yangi tahririda vakolatlarni qayta taqsimlashga tayyorligini ma’lum qilgan edi. U vakolatlarning ba’zilari mahalliy darajasiga o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidlagandi.