Germaniya 50 nafar Belarus oppozitsiyachilariga boshpana beradi
Bu haqda Germaniyaning “Sueddeutsche Zeitung” gazetasida ma’lum qilindi, deb xabar beradi TASS.
"Ular yaqin kelajakda qabul qilinishi ko‘zda tutilgan, - deyiladi Germaniya ichki ishlar vazirligi hujjatida. - Gap «siyosiy ta’qib qilingan shaxslar va ularning oilalari» haqida ketyapti”.
2020 yil dekabrda Yevropa parlamenti Belarus oppozitsiyachisining nutqini tarjima qila olmadi va undan ingliz yoki rus tillarida so‘zlashini so‘radi. Bu holat Yevroparlamentning Andrey Saxarov nomidagi "Fikrlash erkinligi uchun" mukofoti bilan Belarusdagi norozilik harakati rahbariyatini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbirda yuz bergan edi.
Ma’lumki, Belarusda olti oydan beri - 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari hali davom etmoqda. Rasmiy natijalarga ko‘ra, oltinchi muddatga saylangan Lukashenka 80 foiz ovoz olgan. Muxolifat saylovlarni soxtalashtirilgan, deb hisoblaydi.