Lukashenko Litva, Polsha va Ukraina bilan chegaralarni yopdi

Belarus armiyasi Litva, Polsha va Ukraina o‘rtasidagi chegaralarni qo‘shin bilan mustahkamlashga majbur. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.

“To‘g‘risini aytaman, ular bundan keyin nima qilishini bilmaymiz. Biz, ularning urush boshlashlaridan oldin zaxirasida judayam kam usul qolganini tushunib turibmiz. Shu sababli biz ko‘chadagi qo‘shinni (chegaraga) joylashtirishga majburmiz. Ilgari ham aytganman, qo‘shinning yarmini qurollantirib, G‘arb bilan davlat chegaralarini yopamiz. Birinchi navbatda, Litva va Polsha bilan”, dedi Lukashenko o‘z chiqishida.

Shuningdek, Lukashenko Ukraina bilan davlat chegarasi nazorati ham kuchaytirilishini ma’lum qildi. “Afsuslar bo‘lsinki, biz qardosh Ukraina bilan ham davlat chegaralarini yopishga majburmiz”, deb qo‘shimcha qildi Belarus rahbari.