"Maftun bo‘ldim"

Film rejissyor Abduvohid G‘aniyev tomonidan "Dono Productions" kinostudiyasida suratga olingan.

– Bugungi kunda xususiy kinokompaniyalarda yangicha an’ana avj olmoqda, – deydi film bosh prodyuseri Bahodir Hoshimov. – Ayrim kinoijodkorlar Yaqin Sharq yoki Yevropa davlatlarida film suratga olishni, chet el aktyorlarini filmlariga taklif etishni urf qilmoqda. Biz esa ushbu filmda mashhur aktyorlar emas, viloyatlarni kezib, el ichidan iqtidorlarni tanlab, milliy xalq musiqa va raqslarining yangicha tasviriy yechimini  topishga harakat qildik.

Ijodiy uchrashuvda kino muxlislari filmning yaratilish jarayoni haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Mahmud NAZAROV.