Mahallalarda tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllantiriladi

Prezidentimizning 2021 yil 6 maydagi “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Bulung‘ur, Urgut va Past Darg‘om tumanlarida mahallabay ishlash markazlari faoliyat boshladi.

Markazlarning asosiy vazifasi aholi bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rish, mahallabay ishlash asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish,

tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar, jumladan, ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar olishda ko‘maklashish.

Shuningdek, tadbirkorlik, hunarmandchilik qilish istagini bildirganlarga zamonaviy asbob-uskunalar hamda mini-texnologiyalar topishda ko‘maklashish, mahalladagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish choralarini ko‘rish hamda xorijda mehnat faoliyatini yuritish va malaka oshirish istagini bildirgan fuqarolar bilan hamkorlikda ishlash belgilangan. 

Mahallabay ishlash markazlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, aholini kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘limlari hamda mahallabay ishlash inspektorlari lavozimlari joriy qilindi.    

Sh.Abduvaliyev,

Q.Eshonqulov,

viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlari.