Mahsulotingizni xorijga eksport qilmoqchimisiz? Sizga ko‘mak berishadi

Mazkur shtab eksportyor korxonalar tomonidan mahsulotlarni eksportga chiqarishiga ko‘maklashadi, yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni bartaraf etishda ishtirok etadi hamda soliq, bojxona, banklar, karantin va boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq ishlarni tezkor ravishda bajarishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Eksport bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning bajarilishida yechimini kutayotgan muammolar va takliflaringiz bo‘lsa, monitoring shtabining (0366) 233-55-86; 235-31-92; 235-04-13 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Samarqand viloyati hokimligi.