Makron Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zoligi bo‘yicha Parij ratifikatsiyasini ma’qulladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Finlandiya va Shvetsiyaning Parij tomonidan NATOga qo‘shilishini ratifikatsiya qiluvchi protokollarni imzoladi, deya xabar bermoqda «Figaro» gazetasi Yelisey saroyi bayonotiga tayanib.
"Yevropadagi ikki hamkorimiz Finlandiya va Shvetsiyaning bu suveren tanlovi o‘z mintaqalarida mavjud tahdidlarni hisobga olgan holda ularning xavfsizligini mustahkamlaydi. Shuningdek, ularning NATOga a’zoligi Yevropada xavfsizlikni sezilarli darajada mustahkamlaydi", deb yozadi gazeta.
Shunday qilib, G‘arb ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Shimoliy Atlantika alyansining 24 davlati ushbu Skandinaviya davlatlarining tashkilotga a’zoligini ma’qullagan. Ularning qo‘shilishi to‘liq ratifikatsiya qilinishi uchun barcha 30 NATO ittifoqchisi milliy darajada tegishli hujjatlarni tasdiqlashi kerak.
O‘tgan hafta AQSh prezidenti Jo Bayden Vashingtonning Finlandiya va Shvetsiyaning NATO a’zoligini ratifikatsiya qilishini ma’qullagan edi.